Tadbirkorlik va biznes asoslari

2 yillik ta'lim

Tadbirkorlik va biznes asoslari

Tadbirkorlik va Biznes asoslari nimani o’rgatadi? U o’z Biznesingizni tashkil qilib, uni rivojlantirish, muvaffaqiyatli tadbirkor bo’lishingizga imkoniyat yaratadi. Tadbirkor va Biznes deganda faqatgina pul topish yo’lidagi harakat, boylik oshirishga intilish bilan cheklanib qolmagan holda yangi ixtiro va yangi ko’rinishlarni kashf qilishingiz, zamonaviy tadbirkordek fikrlashingiz, innovatsion g’oyalarni hayotga tadbiq etishingiz va kuchli tadbirkorlar orasida bo’lishingiz tushuniladi va biz esa buni ta’minlaymiz.

NTM «Tashkent Study» o’quv markazi tadbirkorlarni o’qitish va amaliy ishga tayyorlash ishlarini olib boradi. Mazkur o’quv kurslari soha bo’yicha etarli bilimga ega bo’lmagan, lekin kelajakda o’z biznesini ochib, hayotda o’z yo’nalishini topishni maqsad qilganlar uchun mo’ljallangan. Bu kurslar Sizga o’z maqsadlaringizni ro’yobga chiqarish va hayotda o’z yo’lingizni topib olishingizda hamda biznesingizni to’g’ri boshqarish, nazorat qilish va rivojlantirishga o’rgatadi.

Darslarni yuqori malakali, o’z sohasi bo’yicha muvaffaqiyatlarga erishgan, iqtidorli muallimlar olib boradilar. Darslar davomida Siz dunyodagi yirik kompaniyalar faoliyati natijalari, ularga erishish ucun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilib olasiz.

Undan tashqari bizda faqat maxsus fanlargina emas balki  umumiy fanlarga ham alohida e’tibor beriladi: Rus tiliIngliz tiliPsixologiya va Jamoatchilik fikri.

O’qish tugаgаndаn so’ng Siz qayta tayyorlangan va malakasi oshirilgan mutaxassis diplomiga egа bo’lаsiz.

Kurs haqida

Kursga yozilish

Hujjat topshirishga qoldi:

:
:
:

Ulashish

Facebook
Telegram
WhatsApp
Call Now Button