Gimnastika

oylik o'quv

Gimnastika

Sport bilan shug’ullanish, avvalambor sog’lik uchun juda foydali. Buni yaxshi tushunganlar o’z farzandlarini sport bilan shug’ullanishiga katta e’tibor beradilar.

Sportning nafis turlaridan biri – bu badiiy gimnastika. Sportning bu turi bilan asosan qizlar shug’ullanadilar. Badiiy gimnastikaga qizchalarni 3-4 yoshdan bopshlab berishadi. Badiiy gimnastikaning mohiyatini kechroq tushunganlar qizlarini 7-8 yoshdan, ba’zan esa 10-12 yoshdan ham berishadi. Buning zarari yo’q, chunki bizning mutaxassislarimiz har bitta shug’ullanuvchi bilan alohida-alohida ishlaydilar. Yosh organism egiluvchan, qayishqoq bo’ladi. Murabbiy qanday yo’nalishda organizmni yo’naltirsa, o’sha tomonga qiynalmay bajaradi. Badiiy gimnastika bilan shug’ullangan qizlarning qaddi-qomati nafis, chiroyli, nuqsonlarsiz bo’ladi. Bu esa o’z-o’zidan bo’lmaydi. Buning uchun u malakali murabbiy qo’l ostida mashqlar olib borishi kerak.

Bizning murabbiylarimiz yuqori malakali sport ustalari bo’lib, ular qo’l ostida shug’ullanganlar yaxshi natijalarga erishadilar. Badiiy gimnastika bilan shug’ullanganlar dongdor sportchi bo’lmasliklari mumkin, lekin, eng asosiysi, yaxshi qaddi-qomatga ega bo’adilar va doimo sog’lom bo’ladilar.

Kurs haqida

Kursga yozilish

Ulashish

Facebook
Telegram
WhatsApp
Call Now Button